Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda Lacetti 50 metr pastlikka quladi, uch kishi vafot etgan

Qashqadaryoda Lacetti 50 metr pastlikka quladi, uch kishi vafot etgan

Qashqadaryoning Dehqonobod tumanida Lacetti haydovchisi rulda uxlab qolishi oqibatida mashina 50 metr pastlikka quladi. Bu haqda tuman IIBga asoslanib «Daryo» ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, G‘uzor tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi Lacetti ishtirokidagi YTH 16 fevral, seshanba kuni soat 04:00 da sodir bo‘lgan.

«Tumanning ’Yashnobod’ mahallasi hududidan o‘tuvchi Olmaota—Toshkent—Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining 1299-kilometrida tonggi 04:00 da G‘uzor tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi Lacetti beton to‘siqqa urilib, uni chetga surib tashlab, 50 metr pastlikka qulagan. Oqibatda mashina yo‘lovchilaridan uch nafari voqea joyida vafot etgan. Haydovchi va bir nafar yo‘lovchi esa tuman shifoxonasiga yotqizilgan», — deydi Dilshod Mirzayev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring