Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda maktab direktori va o‘quvchi mushtlashdi. Hokimlik bayonoti

Qashqadaryoda maktab direktori va o‘quvchi mushtlashdi. Hokimlik bayonoti

Kadr: Bugun.uz

Tarmoqda direktor va o‘quvchi mushtlashgani videosi tarqalgandi. 

Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani hokimligi mazkur voqeaga munosabat bildirgan. 

Munosabatda aytilishicha, ushbu voqea 2022-yil 15-iyul kuni soat taxminan 11:00 lar atrofida Nishon tuman 2-sonli kasb-hunar maktabida sodir bo‘lgan. Unda direktor G.U. va o‘qituvchi X.O. o‘zaro tortishib qolishi oqibatida kelishmovchilik yuzaga kelgan.

Ayni vaqtda ushbu holat bo‘yicha Nishon tumani hokimi o‘rinbosari S.Xudoyqulov boshchiligida ishchi guruh tuzilib, bu voqeaning asl sababi keng jamoatchilik bilan birga o‘rganildi.

Shu o‘rinda, Nishon tuman 2-sonli kasb-hunar maktabi direktori va o‘qituvchi ayni vaqtda o‘zaro kelishib olgan holda, bir-biriga nisbatan hech qanday gina-kudratni saqlab qolmagan va kelajakda do‘stona ruhda birgalikda ishlashga kelishishgan. Mazkur holat yuzasidan hozirda Nishon tuman IIB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi hokimlik xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring