Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda «NEXIA-1»ning gaz balloni portladi. Qurbon bor

Qashqadaryoda «NEXIA-1»ning gaz balloni portladi. Qurbon bor

Bugun, 22-aprel kuni soat 07:07da Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani, «Istiqlol» MFYda joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida «NEXIA-1» rusumli avtomobiliga o‘rnatilgan gaz balloni yorilishi yuzaga kelgan. Bu haqda FVV xabar qildi.

Buning oqibatida 1 nafar fuqaro halok bo‘lgan hamda shoxobchaning 1 nafar ishchisiga tan jarohati yetgan. Jabrlangan ishchi Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadaryo filialiga yotqizilgan.

Ayni vaqtda, viloyat IIB, FVB, SSB va Prokuratura xodimlari tomonidan holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring