Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryoda PZR-testi natijalarini soxtalashtirib sotayotgan klinika rahbari ushlandi

Qashqadaryoda PZR-testi natijalarini soxtalashtirib sotayotgan klinika rahbari ushlandi

Qashqadaryoda PZR-testi natijalarini soxtalashtirib, fuqarolarga sotayotgan xususiy klinika rahbari hamda Sanitariya epidemiologiya stansiyasi laboratoriyasi katta hamshirasi qo‘lga olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2021-yil 26-aprel kuni Qashqadaryo viloyati IIB Transportda XTB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda kapitan A.T. shartli xaridor sifatida viloyat SES laboratoriyasida katta hamshira bo‘lib ishlovchi 1976-yilda tug‘ilgan Qarshi tumanida yashovchi N.S. bilan uch nafar tanishiga PZR-testi natijalarini soxtalashtirib berishiga kelishadi.

Shartli xaridor unga uch nafar tanishiga tegishli bo‘lgan pasport nusxalarini Telegram orqali yuborib, har bir test natijasi uchun 195 ming so‘mdan pul to‘lashga roziligini aytadi.

Tadbir davom ettirilib, 27-aprel kuni ertalab soat 08:00 lar atrofida Qarshi shahar Islom Karimov ko‘chasida joylashgan «Murod med star» xususiy tibbiyot klinikasi yonida ushbu klinikada ishlovchi 1994-yilda tug‘ilgan Koson tumanida yashovchi B.Sh. kelishilgan fuqarolarning nomiga rasmiylashtirilgan 3 ta PZR-testi blankalarini katta hamshira N.S.ga berayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Xususiy klinika rahbari N.M. o‘z ixtiyori bilan IIB xodimlariga 450 ming so‘m pulni qaytarib bergan va ular daliliy ashyo sifatida olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring