Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryodagi gaz portlashida 2 bolakay halok bo‘ldi

Qashqadaryodagi gaz portlashida 2 bolakay halok bo‘ldi

Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan olingan ma’lumotga asosan, bugun, 8-oktabr kuni soat 10:04larda Kitob tumani, “Istiqlol” MFY, Qashqadaryo ko‘chasi, 38-uyning (uy egasi 1947-y.t. A.Parmonov) oshxonasida gaz plitasining nosozligi sababli havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan.

FVV axborot xizmatining xabariga ko‘ra, chaqnash oqibatida oshxona shiftining 4 kv.m. maydoni yongan hamda 2 nafar fuqaro kasalxonada vafot etgan va 1 nafar fuqaro kuyish tan jarohatlari bilan Kitob tumani tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan.

Vafot etgan fuqarolar:

Bellura Xomidova, 2013 y.t. (uy egasining nabirasi, 100 % termik kuygan).

Farzona Xomidova, 2016 y.t. (uy egasining nabirasi,100 % termik kuygan).

Jarohatlangan fuqaro:

Baxtigul Jamolova, 1991 y.t. (uy egasining kelini, 40-45 % termik kuygan, ahvoli o‘rta og‘ir).

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring