Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qibrayda gaz portlashi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qibrayda gaz portlashi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Joriy yil 22-noyabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan Qibrayda gaz portlashi oqibatida ikki kishi halok bo‘lganligi haqida xabar berilgandi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati prokuraturasi o‘tkazgan tergovga qadar tekshirishda gaz chaqnashi yuz bergan uy yonida o‘rnatilgan yuqori bosimli gaz taqsimlash moslamasi (GTM)ga ulangan va yerostidan o‘tkazilgan polietilen gaz quvurining montaj ishlari o‘ta sifatsiz amalga oshirilganligi aniqlangan.

Buning oqibatida uyga yaqin oraliqdagi yer ostidagi polietilen gaz quvurining ulanish qismida yoriq yuzaga kelib, undan tabiiy gaz sizib chiqib, xonadon yerto‘lasida to‘plangani va o‘z navbatida gaz chaqnashi sodir bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan 2020-yil 23-noyabr kuni Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan JKning 258-moddasi (Tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring