Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kobulda portlash sodir bo‘ldi

Kobulda portlash sodir bo‘ldi

Foto: AP / Rahmat Gul

17-mart kuni Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida terrorchi-xudkush o‘zini portlatib yuborishi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi, yana uch kishi jarohatlandi. Bu haqda «Tolo News» telekanali ichki ishlar vazirligi vakili Najib Donishga asoslanib xabar berdi, deya yozmoqda «RIA Novosti» agentligi.

Telekanalning aniqlik kiritishicha, portlash poytaxt tumanlaradan biri bo‘lmish Dispicharida ro‘y bergan. Terrorchilarning nishoni xususiy qo‘riqlash kompaniyasining avtomobili bo‘lgan.

«Tolibon» terrorchilik guruhi ushbu voqea yuzasidan javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring