Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘qondagi ommaviy to‘polonning sabablari ma’lum qilindi

Qo‘qondagi ommaviy to‘polonning sabablari ma’lum qilindi

Foto: O‘zA

Joriy yilning 5-fevralidan 6-fevralga o‘tar kechasi Qo‘qon shahridagi «Shedevr» choyxonasida bir necha yoshlar o‘rtasida ommaviy to‘polon ro‘y bergan edi. Unda qatnashchilardan biri miltig‘i bilan janjal ishtirokchilarga qarata ikki marotaba o‘q uzishi sabab uch nafar yigit tan jarohati olgan. 

Ular sochma o‘qdan yetkazilgan tan jarohati bilan Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ushbu voqealar xususida so‘z yuritildi. 

–Qo‘qonda sodir etilgan jinoiy holat arzimagan kelishmovchilikdan kelib chiqqan bo‘lib ikki tomon o‘rtasidagi katta janjalga aylangan, – deydi viloyat IIB boshlig‘i Doniyor Toshxo‘jayev. – Biz dastlab jabrlanuvchi bilan shifoxonada gaplashganimizda uydagi janjal sabab oynani sindirish oqibatida qo‘lini kesib olganligini bildirdi. Choyxonadagi kameralar esa barcha holatga oydinlik kiritdi. Yigitlar qo‘llariga rezina tayoq, pichoq va boshqa jismlar olib, janjallashib, bezorilik qilishgan. Viloyat prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismining tegishli bandlari (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd) va 277-moddasi (bezorilik) bilan prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 30 nafar shaxsga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Jinoyat ishiga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan yana 25 nafar shaxs aniqlanib, ularga nisbatan ma’muriy qamoq qo‘llanildi. Hozirda ularning ushbu hamda boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring