Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘istonda ommaviy elektr o‘chishi yuzasidan rasmiy izoh berildi

Qoraqalpog‘istonda ommaviy elektr o‘chishi yuzasidan rasmiy izoh berildi

Avvalroq, «Taxiatosh IES» AJda nosozlik  sabab Qoraqalpog‘istonning ayrim hududlarida elektr ta’minoti uzilgani xabar berilgandi.

«Issiqlik elektr stansiyalari» AJ ma’lumotiga ko‘ra, «Taxiatosh IES» AJda yong‘in va shu kabi favqulodda holatlar yuz bermagan. Buni Favqulodda vaziyatlar vazirligi ham tasdiqlagan.

25 aprel kuni soat 20:46 da stansiyadagi ochiq taqsimlovchi qurilmada qisqa tutashuv yuz berganligi sababli 1-sonli bug‘-gaz qurilmasi va 1, 3-sonli turbogeneratorlar avtomatik himoya tizimining ishga tushishi natijasida o‘chib qolgan.

Voqea natijasida energouskunalarga hech qanday talofat yetmagan. Soat 21:23 da stansiyada ochiq taqsimlovchi qurilmaning ish faoliyati tiklangan, deyiladi xabarda.

Energobloklar bosqichma-bosqich ishga tushirilib energotizimga ulanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring