Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘shni davlatda 5 nafar bola yong‘in chiqqan xonadonda qolib ketdi

Qo‘shni davlatda 5 nafar bola yong‘in chiqqan xonadonda qolib ketdi

Foto: Tengrinews.kz

Qozog‘istonning Jambil viloyati, Janatas shahrida sodir bo‘lgan yong‘inda besh nafar bola vafot etdi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz.

Qayd etilishicha, besh qavatli turar-joy binosining uchinchi qavatida joylashgan xonadonning 16 kvadrat metr maydonida yong‘in chiqqan.

«Xonadonda 2015, 2016, 2017, 2019 va 2020-yillarda tug‘ilgan besh nafar voyaga etmagan bolalar bo‘lgan, ular kattalar nazoratisiz qolgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, oilaning otasi ishda bo‘lgan, onasi do‘konga borgan.

Yong‘in natijasida barcha bolalar shoshilinch kasalxonaga yetkazilgan, ammo ularning jonini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring