Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘shnisini itga talatganlar bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Qo‘shnisini itga talatganlar bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Farg‘ona viloyatida fuqarolar o‘rtasida janjal bo‘lgani holati yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Aniqlanishicha, joriy yilning 13 may kuni Farg‘ona shahar A.Jomiy ko‘chasida joylashgan 16-sonli ko‘p qavatli uyda yashovchi qo‘shnilar o‘rtasida, xonadonlarning birida it boqish bilan bog‘liq maishiy muammolar oqibatida janjal kelib chiqqan.

Natijada, bir nechta qo‘shnilar bir-birlarini haqoratlab, tan jarohatlari yetkazib, xonadon oynalarini sindirishgan, odamlarni itga talatgan.

Hozirda jamoat tartibini buzishda qatnashgan barcha ishtirokchilarning shaxsi aniqlangan bo‘lib, holat yuzasidan tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiyda bir tiktokchi bola mushukni itlarga talatgan va keyinroq jazolangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring