Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Qo‘yliq»dagi mashinadan 14,5 mln. so‘m va 8,5 ming dollar o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

«Qo‘yliq»dagi mashinadan 14,5 mln. so‘m va 8,5 ming dollar o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

Illyustrativ foto

Foto: «ugolovka.com»

2018 yilning 20 may kuni Toshkent shahrining Bektemir tumani «Qo‘yliq» dehqon bozorining 2-sonli pavilonida turgan «Neksiya» rusumli avtomashina yukxonasinidan 14 500 000 so‘mni va 8 500 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketgan shaxs ushlandi.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining ma’lum qilishicha, qarovsiz qoldirilgan avtomobil Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida yashovchi O.T.ga tegishli bo‘lgan.

O‘sha paytda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Andijon viloyati Bo‘z tumanida yashovchi S.Q. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring