Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston prezidenti halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar oilasiga hamdardlik bildirdi

Qozog‘iston prezidenti halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar oilasiga hamdardlik bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Tvitterdagi sahifasi orqali Olmaota — Toshkent yo‘nalishidagi avtobus halokatida halok bo‘lgan 11 nafar hamyurtimiz oilasiga hamdardlik bildirdi.

«Korday yo‘lida yirik YTH bo‘lib o‘tdi: O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan 11 inson vafot etdi, ko‘plab jarohatlanganlar bor. Ularning qarindoshlariga hamdardlik bildiraman.

O‘zbekiston Prezidentiga telegramma yubordim. Yo‘llarimizdagi vaziyat juda xavotirli, men bu haqida IIV yig‘ilishida ham gapirgan edim. Hukumatga tegishli choralarni zudlik bilan ko‘rish haqida topshiriq berdim», — deya yozadi To‘qayev.

Qosim-Jo‘mart To‘kayevning Tvitterdagi xabari birozdan so‘ng o‘chirildi. Yangi ma’lumotlarga qaraganda halok bo‘lganlar orasida bir nafar qozog‘istonlik ayol bo‘lishi ham mumkin. Xabar.uz voqealar jarayonini kuzatib boradi.

Tahririyatimiz halok bo‘lganlar oilasiga hamdardlik bildiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring