Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda avtobus yuk mashinasiga borib urildi, voqea joyida yurtdoshimiz halok bo‘ldi

Qozog‘istonda avtobus yuk mashinasiga borib urildi, voqea joyida yurtdoshimiz halok bo‘ldi

Foto: «Newstes.ru»

Kecha, 12-avgust kuni soat taxminan 17.30 lar atrofida Olmaota—Toshkent—Termiz trassasida harakatlanayotgan, Chimkentdan Sariag‘ash tomon ketayotgan avtobus yuk mashinasining ort qismiga borib urilgan. Bu haqda Turkiston viloyati ichki ishlar departamenti matbuot xizmatiga asoslanib «NewTimes.kz» axborot agentligi xabar tarqatdi.

YTH oqibatida voqea joyida O‘zbekiston fuqarosi dunyodan ko‘z yumgan. Yo‘l-transport hodisasidan 10 kishi jarohat olgan: ularning uch nafari qozog‘istonliklar, yetti nafari O‘zbekiston fuqarolaridir. Ularning barchasi Turkiston viloyatining Sariag‘ash va Qazig‘urt tumanlaridagi kasalxonalarga yetkazilgan.

Ayni paytda transport vositalari jarima maydoniga olib borilgan. Politsiya voqea yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlab yuborgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring