Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida ayanchli YTH sodir bo‘ldi

Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida ayanchli YTH sodir bo‘ldi

Foto: «Dunyo.info»

Kecha mahalliy vaqt bilan soat 7:10 da Aktyubinsk viloyati, Qarabutak mahallasidan o‘tadigan «Samara-Chimkent» xalqaro avtomobil yo‘lining 992-kilometrida Qozog‘iston fuqarosi boshquruvidagi Toyota Previa avtomashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Mamlakatimizning Aktau shahridagi Bosh konsulxonasidan ma’lum qilishlaricha, yo‘l-tansport hodisasi natijasida avtomobil haydovchisi va Aktau shahriga ishga ketayotgan 8 nafar yo‘lovchi (barchasi O‘zbekiston fuqarolari) turli darajadagi tan jarohati bilan shahar shifoxonasiga yotqizilgan.

43 yoshli fuqaro N.D vafot etdi. 5 nafar yo‘lovchi davolanmoqda. Yana ikki nafar yo‘lovchiga esa shifoxonadan javob berilgan.

Bosh konsulxona vaziyatni o‘z nazoratiga olgan. Marhumning jasadini Vatanga yetkazishni tashkil etish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring