Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘istonda poyezd avtobus bilan to‘qnashib ketdi (video)

Qozog‘istonda poyezd avtobus bilan to‘qnashib ketdi (video)

Foto: «Diapazon»

Qozog‘istonning Olma-Ota viloyatida poyezd temir yo‘lning avtomobil yo‘li bilan kesishuvchi qismida to‘xtab turgan avtobus bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda «Almaty Today» xabar tarqatdi.

Hodisa kecha, 15-sentyabr kuni, mahalliy vaqt bilan soat 19:20 da sodir bo‘lgan. Poyezd Olma-Ota—Qostanay yo‘nalishida, avtobus Yekaterinburg—Olma-Ota yo‘nalishida harakatlanayotgan edi.

Avtobusda jami 67 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. To‘qnashuv oqibatida haydovchi halok bo‘lgan, uch kishi, jumladan, ikkin nafar bola jarohat olgani aytilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, noxush hodisada taqiqlovchi signallarga qaramasdan temiryo‘lga chiqib kelgan avtobus haydovchisi ayblanmoqda.

Avtobusda bo‘lgan guvohlardan birining so‘zlariga ko‘ra, avtobus temir yo‘lda iskanjaga tushib qolganidan so‘ng sarosimaga tushgan haydovchi oldingi eshikni ocha olmagach, ort eshikni ochib, odamlarni tushirgan, o‘zi esa ulgurmagan...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring