Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Quvada elektr va gaz o‘chib-yonishi oqibatida portlash sodir bo‘ldi

Quvada elektr va gaz o‘chib-yonishi oqibatida portlash sodir bo‘ldi

Joriy yilning 29-noyabr kuni Farg‘ona viloyatining Quva tumanida yashovchi A.X.ning uyida elektr energiyasi va tabiiy gaz o‘chib, qayta kelishi oqibatida chaqnash sodir bo‘lib, yong‘in kelib chiqqan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida uyning 25 kv.m. maydonida tom qismi yonib zarar ko‘rgan.

Chaqnash natijasida A.X. va uning turmush o‘rtog‘i S.X. hamda qizi kuyish jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilganlar. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring