Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rahmat Oqilov Stokgolmdagi teraktni IShID amiri buyrug‘i bilan amalga oshirganini aytdi

Rahmat Oqilov Stokgolmdagi teraktni IShID amiri buyrug‘i bilan amalga oshirganini aytdi

Foto: «Sputnik»

Stokgolm markazida yuk mashinasida bir necha kishining umriga zomin bo‘lgan Rahmat Oqilov IShID terrorchilik guruhini qo‘llab-quvvatlaganini bildirdi, deb xabar berdi «Sputnik» nashri.

«Expressen.se»ning ma’lum qilishicha, Shvetsiya poytaxti okrug sudida seshanba kuni bo‘lib o‘tgan tinglovda u 2017-yil aprel oyi boshida amiridan butun Yevropa, AQSh va Rossiya bo‘ylab teraktlar sodir etish chaqirig‘i olingani va unga bo‘ysunganini» bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘priklar, binolar — «IShID dushmanlariga tegishli barcha narsa» terakt nishoni bo‘lgan.

Oqilov «Shvetsiyaning xalifalikka qarshi urushni bas qilishini, askarlarini jangovar harakatlar maydoniga jo‘natishni, xalifalikka qarshi kurash uchun katta pul ajratishni to‘xtatishini xohlaganini» bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 7-aprel kuni Stokgolmning markaziy ko‘chalaridan biri bo‘lgan Drottninggatan ko‘chasida yuk mashinasi haydovchisi odamlarni bosib ketgan. U 550 metr yurib o‘tib, Ahlens savdo markazi binosiga urilgan. Hujum oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan, 15 kishi jarohat olgan.

39 yoshli Rahmat Oqilov ushbu jinoyatni amalga oshirishda ayblanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring