Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyada yana bir o‘zbekistonlik vagoncha ichida yonib ketdi

Rossiyada yana bir o‘zbekistonlik vagoncha ichida yonib ketdi

Mamlakatimizning Novosibirsk shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasining ma’lumotiga ko‘ra, 2020 yil 23 yanvarga o‘tar kechasi Tomsk viloyati Pervomaysykiy tumani Voznesenka qishlog‘ida vagoncha yonib ketish oqibatida O‘zbekiston fuqarosi Sh.R. qurbon bo‘ldi.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan hamda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi bilan birgalikda hamyurtimizning jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirib, Rossiyaning Sibir federal okrugi (Oltoy Respublikasi, Buryatiya Respublikasi, Tiva Respublikasi, Xakasiya Respublikasi, Oltoy o‘lkasi, Zabaykal o‘lkasi, Krasnoyar o‘lkasi, Irkutsk viloyati, Kemerovsk viloyati, Novosibirsk viloyati, Omsk viloyati, Tomsk viloyati) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda Novosibirsk shahridagi mamlakatimiz Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatdi: +7 (383) 246-04-85; +7 (383) 246-04-63, +7 (383) 246-04-64; +7 (383) 246-04-84.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 21 yanvar kuni Rossiya Federatsiyasi Tomsk viloyati, Asino tumanida bir qavatli yog‘ochdan qurilgan 1/3-uyda yong‘in sodir bo‘lib, natijada ushbu xonadonda istiqomat qilgan 12 nafar O‘zbekiston fuqarolaridan 10 nafari voqea joyida halok bo‘lgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring