Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqand shahrida bir kishi is gazidan zaharlanib, qurbon bo‘ldi

Samarqand shahrida bir kishi is gazidan zaharlanib, qurbon bo‘ldi

Haroratning pasayishi natijasida is gazidan zaharlanish bilan bog‘liq noxush xabarlar ko‘paymoqda.

Shu yilning 2-noyabr kuni soat 23-00larda Samarqand shahar, Boyovut ko‘chasida yashovchi fuqaro F.K. yashash xonadonida o‘rnatilgan suv issitish gaz «kolonka»sidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib, vafot etgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari xabar berdi.

Turmush o‘rtog‘i D.V. esa is gazidan o‘tkir zaharlanish tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

«Hurmatli fuqarolar! Bunday ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida gaz uskunalaridan va isitish moslamalaridan foydalanishda yong‘in va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz», deyiladi xabarda.

Yaqinda Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida bir oilaning to‘rt a’zosi is gazidan zaharlanishi oqibatida vafot etgani haqida xabar qilingan edi.

Keyinroq esa Qo‘qon shahridagi ko‘pqavatli uylarning birida yashovchi oilaning uch nafar a’zosi is gazidan zaharlanish oqibatida halok bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring