Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda 17 yoshli qiz mudhish jinoyatda gumonlanmoqda

Samarqandda 17 yoshli qiz mudhish jinoyatda gumonlanmoqda

Illyustrativ foto

Samarqand shahridagi voyaga yetmagan 17 yoshli qiz uyali telefon apparati ustida kelib chiqqan janjal oqibatida 75 yoshli ayolni o‘ldirganlikda ayblanmoqda.

Bosh prokuratura «Daryo»ga ma’lum qilishicha, 2021 yilning 3 yanvar kuni soat 17:30 atrofida Samarqand shahrida yashovchi M.R.ning (1947 yilda tug‘ilgan) jasadi uyining yotoqxonasida qotillik alomatlari bilan topilgan.

Hodisa joyiga viloyat prokurori birinchi o‘rinbosari H.Qobulov, viloyat prokurori o‘rinbosari S.Fayziyev, shahar prokurori o‘rinbosari B.Narbayev, viloyat IIB boshlig‘i vazifasini bajaruvchi S.Abduxomidov, Samarqand shahri IIO FMB boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Sh.O‘rinboyev, shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi boshlig‘i D.Sultonov, IIO FMB EKB, STE ekspertlari va boshqa tezkor-tergov guruhi a’zolari chiqishgan.

Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Samarqand filialining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, marhuma M.R.ning boshining peshona o‘rta va o‘ng tomon sohalarida ko‘kargan qontalash shish, chap qoshida yara, burni, ikkala ko‘z atrofi, bo‘yin, o‘ng va chap qo‘l sohalarida qontalash va shilinmalar kabi tan jarohatlari mavjudligi ko‘rsatilgan.

Voqea joyida qo‘l barmoq izlari, qonga o‘xshash dog‘lari va soch tolalari bo‘lgan bir dona shisha bokal, 3 dona qonga o‘xshash dog‘lardan namunalar, 12 turdagi sarg‘ish tilla rangli metalldan yasalgan taqinchoqlar xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov harakatlari davomida ushbu qotillik jinoyatini mazkur uyga mehmonga kelgan voyaga yetmagan S.T. (2005 yilda tug‘ilgan) qilganligi aniqlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, S.T. shu kuni soat 14:00 atrofida xonadon egasi M.R. bilan uyali telefon apparati ustida kelib chiqqan janjal oqibatida yotoqxonada bo‘lgan shisha bokal bilan ayolning bosh qismiga 3 marotaba zarb bilan urib, so‘ngra qo‘llari bilan bo‘g‘ib qotillikni sodir qilgan va hodisa joyidan yashiringan.

Jinoyat ishi bo‘yicha voyaga yetmagan S.T. himoyachi hamda pedagog-psixolog ishtirokida Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, Jinoyat protsessual kodeksining 227-moddasi (surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning qaroriga binoan ushlab turish) tartibida ushlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring