Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda eriga qaynoq suv sepib yuborgan ayol qo‘lga olindi

Samarqandda eriga qaynoq suv sepib yuborgan ayol qo‘lga olindi

Foto: «depositphotos.com»

Samarqand viloyatining Narpay tumanida shu yilning 9 sentyabr kuni “Oqtosh” MFYda yashovchi S.M. ismli ayol uyida oilaviy janjal oqibatida birga yashovchi turmush o‘rtog‘i N.M.ning ustiga qaynoq suv sepib yuborgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada N.M. kuyish jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan. Ayol qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring