Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda ikki bola suvga cho‘kib, vafot etdi

Samarqandda ikki bola suvga cho‘kib, vafot etdi

Foto:«7info.ru»

Samarqand viloyati, Toyloq tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi N.Norboyevning bir vaqtni o‘zida ikki farzandi suvda cho‘kib vafot etgan. Bu haqda «Human.uz» xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Javohir va Shohjahon Jo‘raqulovlar o‘rtoqlari bilan o‘tgan shanba kuni uyi atrofidagi daraxtzor ichidagi hovuzga borishgan va unga cho‘kib ketgan.

Mahalliy aholining aytishicha, ushbu hovuzda hamisha bir, bir yarim metr atrofida suv bo‘lgan. Shu vaqtga qadar hech kim cho‘kmagan yoki talofat ko‘rmagan. Joriy yil seryomg‘ir bo‘lgani bois, unda suv ko‘paygan va tagi botqoq bo‘lib qolgan.

Bolalar xuddi shu tufayli qurbon bo‘lgani taxmin qilingan. Bolalar fojiasi haqida ularning otasiga o‘rtoqlari xabar bergan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring