Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda «Malibu» zovurga quladi

Samarqandda «Malibu» zovurga quladi

Foto: Samarqand viloyati IIB YHXB

Ijtimoiy tarmoqlarda «Malibu» rusumli avtotransport vositasining zovurga tushib ketgani fotosi tarqaldi.

Samarqand viloyati IIB YHXB tomonidan olib borilgan o‘rganishlar davomida, hodisa 2020 yilning 5-oktyabr kuni soat 16:10 larda 4r-48 avtomobil yo‘lining 69 km.da sodir bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi.

Shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan «Malibu» haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tarafidagi suv oqib o‘tadigan zovurga tushib ketgan.

Natijada avtomashina ichida bo‘lgan haydovchi va 1 nafar yo‘lovchi tibbiyot bo‘limiga murojaat qilgan.

Hozirda 2 nafar fuqaroning ham ahvoli yaxshiligi ma’lum qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring