Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda piyodaning o‘limiga sabab bo‘lib, juftakni rostlagan haydovchi ushlandi

Samarqandda piyodaning o‘limiga sabab bo‘lib, juftakni rostlagan haydovchi ushlandi

17-mart kuni Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida noma’lum haydovchi avtomashinasini «Samarqand-Ashxobod-Turkmanboshi» yo‘lida haydab ketayotib, piyoda B.X.ni urib yuborgan va voqea joyidan «quyon» bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan. 

Natijada B.X. voqea joyida vafot etgan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu YTHni Jomboy tumani Xitoybola qishlog‘ida yashovchi O.B. «Neksiya» avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring