Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqanddagi fermada 8 ming tovuq tiriklay yonib ketdi

Samarqanddagi fermada 8 ming tovuq tiriklay yonib ketdi

Foto: FVV YoXBB

Shu yilning 23-oktyabr kuni soat 19:15da Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani Dimishqibola mahallasida joylashgan «Darg‘om Parranda Fayz» MChJga tegishli parrandachilik fermasida yong‘in sodir bo‘ldi.

Bu haqda yong‘in-qutqaruv qismiga xabar kelib tushgan. Xabar asosida voqea joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar chaqirilgan manzilga 16 daqiqada yetib borgan (eng yaqin yong‘in-qutqaruv qismigacha masofa 16 km).

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabar qilishicha, yong‘in soat 19:50 da o‘rab olinib, soat 21:50 da bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida 8.000 taga yaqin jo‘jalar nobud bo‘lgan va parrandachilik fermasining  150 kv. metr maydonda tomi, shifti yonib zararlangan. Tan jarohati olgan va halok bo‘lgan insonlar qayd etilmagan.

Yong‘indan fabrikaning 550 kv. metr maydoni hamda 16.000 tadan ortiq  jo‘jalar saqlab qolingan. Yong‘inni taxminiy sababi qo‘lbola isitish moslamasidan foydalanish. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring