Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sankt-Peterburgdan uchgan Boeing 757 samolyoti Buxoro aeroportiga qo‘na olmadi

Sankt-Peterburgdan uchgan Boeing 757 samolyoti Buxoro aeroportiga qo‘na olmadi

Foto: «flickr.com»

«Uzbekistan Airways»ning «Sankt-Peterburg—Buxoro» yo‘nalishida uchayotgan Boeing 757 samolyoti Buxoro aeroportiga qo‘na olmadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, havoning keskin sovishi va noqulayligi, shuningdek, tuman tushganligi sababli samolyot Navoiy shahridagi zaxira aeroportiga yuborilgan.

Samolyot soat 12:58 da Navoiy xalqaro aeropotiga qo‘ndirilgan. Ayni paytda samolyot o‘z manziliga yetib olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring