Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sardobada yo‘qolgan qizcha Zomindan topildi

Sardobada yo‘qolgan qizcha Zomindan topildi

Foto: Xabar.uz

Sardobalik Z.Ahmedova ketma-ket sinovlardan karaxt holatga tushgani rost. Avvaliga besh yashar qizi yo‘qolib qoldi. Bu haqda tegishli organ, qavm-u qarindoshlarga xabar berib ulgurmay suv omboridagi fakolat sabab evakuatsiya qilindi. Xullas, hammasi alg‘ov-dalg‘ov bo‘lib ketdiki, onaizorning ahvolini tasavvur qilavering.

Guliston shahar Olimpia zaxiralari sport maktabida evakuatsiya qilingach, qizcha masalasi jiddiy ravishda kun tartibiga qo‘yildi. Bir necha kunlik qidiruv ishlaridan so‘ng nihoyat xushxabar keldi. Majburiy ijro byurosi Guliston shahar bo‘limi xodimi Asilbek Akabekov qizaloqni Zomin tumanining Gulshan qishlog‘idan topdi.

Tafsilotlar muhimmas. Muhimi, ayni paytda qizaloq onasining bag‘rida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring