Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sariosiyoda sil kasalliklari shifoxonasiga suv toshib kirdi

Sariosiyoda sil kasalliklari shifoxonasiga suv toshib kirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi kasalxonalarning biriga suv toshib kirganligi to‘g‘risidagi xabar tarqalgan.

Mazkur holat vazirlik tomonidan o‘rganilganda tumandagi «Afrosiyob» MFY hududida joylashgan sil kasalliklar dispanseri yonidan oqib o‘tuvchi ariqda o‘z sig‘imidan ortiq darajada suv kelganligi bois, toshib chiqqan suv atrofdagi shifoxonaning xovlisiga kirganligi aniqlandi.

Ushbu hodisa yuzadan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari voqea joyiga yetib kelib, motopompalar yordamida suvni tortib chiqarishgan.

Kelgusida bu kabi holat takrorlanmasligi uchun mutasaddilar tomonidan zaruriy choralar ko‘rilmoqda, deyiladi FVV xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring