Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahrisabzda pensiya va nafaqani talon-toroj qilgan bank xodimi aniqlandi

Shahrisabzda pensiya va nafaqani talon-toroj qilgan bank xodimi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz tuman bo‘limi tomonidan AT «Xalq bank» Shahrisabz filialining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Aniqlanishicha, filialining 4-sonli sayyor kassa buxgalter nazoratchisi S.I. va kassiri N.R.lar o‘zaro til biriktirib, tumandagi 150 nafar fuqarolarga joriy yilning mart, aprel va may oylari uchun ajratilgan 100,5 mln so‘m pensiya va nafaqa pullarini fuqarolarga berilishini ta’minlamasdan, o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab talon-toroj qilganliklari aniqlanib, tekshiruv davomida yetkazilgan zararning to‘liq qoplanishi ta’minlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring