Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shvetsiyada parashyutchilar samolyoti halokatga uchradi

Shvetsiyada parashyutchilar samolyoti halokatga uchradi

Foto: Samuel Petterson

Shvetsiyaning Umeo shahridan parashyutchilarni olib havoga ko‘tarilgan samolyot qulab tushdi. Bu haqda «The Local xabar berdi.

«GippsAero» kompaniyasida tayyorlangan «GA8 Airvan» bir motorli samolyoti parvozga ko‘tarilganidan so‘ng oradan bir soat o‘tib halokat signalini yo‘llagan. Uning bortida sakkiz nafar parashyutchi va bir nafar uchuvchi bor edi: barchasi halok bo‘lgan.

«Bu samolyot parashyutdan sakrashlar uchun mo‘ljallangan edi, aftidan parvozga ko‘tarilgani zahoti nimadir bo‘lgan», — dedi aeroport qutqaruv xizmati vakili.

Samolyot guvohlar ko‘z o‘ngida Stursandskar oroli yaqinida, daryoga qulab tushgan. Halokat sabablari o‘rganilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring