Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shveysariyada samolyot halokatga uchradi

Shveysariyada samolyot halokatga uchradi

Foto: «AP Photo»

Kecha, 5-avgust kuni Shveysariyaning Flims tog‘ kurorti yaqinida samolyot halokatga uchradi, omon qolganlar yo‘q, deb xabar bergan «RIA Novosti».

«Reyter» agentligi xabariga ko‘ra, halokatga uchragan «Junkers Ju-52» samolyoti (1939-yilda ishlab chiqarilgan) «JU-AIR» aviakompaniyasiga qarashli bo‘lgan. Samolyot sayyohlarni Tichino kantoniga ikki kunlik sayohatdan olib qaytayotgan bo‘lgan.  Uning bortida uch nafar ekipaj a’zosi va 17 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

Halok bo‘lganlarning 11 nafari erkak kishi, 9 nafari ayollar ekanini politsiya ham tasdiqladi. Ularning aksariyati Shveysariyaning nemiszabon qismidan, shuningdek Vo kantonidan va Quyi Avstriyadan bo‘lgan.

Shveysariya prokuraturasi hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘adi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring