Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda 732 million so‘mlik sifati noma’lum dorilar sotilayotgani aniqlandi

Sirdaryoda 732 million so‘mlik sifati noma’lum dorilar sotilayotgani aniqlandi

Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi va Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari DXX xodimlari bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazdi. 

Unda kuzatuvga olingan fuqaro N.B. o‘z avtomashinasiga yuklangan dori vositalarini poytaxtimizdagi buyum bozorlaridan birida shartli xaridorga sotayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.

Natijada, tegishli hujjatlari bo‘lmagan va sifati kafolatlanmagan qariyb 732 mln. so‘mlik jami 7705 dona «Mesopril KIT» nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring