Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda bir boy ikkinchisini o‘ldirish uchun qotil yolladi

Sirdaryoda bir boy ikkinchisini o‘ldirish uchun qotil yolladi

Foto: Xabar.uz

2020-yil 7-dekabr kuni shaxsini sir saqlashni so‘ragan «X» ismli fuqaro ariza bilan murojaat qilib, tanishi – tadbirkor J.Z. (1994-y.t., muqaddam sudlangan) uni muqaddam «Bosqinchilik» jinoyati uchun sudlanganligidan xabar topib, o‘ziga raqobatchi deb bilgan tadbirkor M.D.ni o‘ldirishga buyurtma qilib, evaziga 5.000 AQSh dollari berishni va’da qilgani, taklifini rad qilgan taqdirda boshqa shaxslarni yollab bo‘lsa ham uni o‘ldirishini aytgani va oldindan 1.000 AQSh dollari bermoqchi bo‘lganligini ma’lum qilib, uni jinoyat sodir qilishga undayotgan J.Z.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berishicha, 2020-yil 10-dekabr kuni Sirdaryo viloyati prokuraturasi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda «X» ismli shaxs Guliston shahrida joylashgan qabriston yaqinida tadbirkor M.D.ni qotillik alomatlari bilan yotgan, yuz va bosh qismi grim qilingan jasadi va uni vafot etgani sun’iy ravishda yaratilgan foto suratini ko‘rsatgach, buyurtmachi tadbirkor J.Z. Mirzaobod tumani Bog‘iston mahallasi hududida unga 4.000 AQSh dollarini bergan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati prokuraturasi tomonidan J.Z.ga nisbatan JKning 25, 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumonlanuvchi J.Z. protsessual tartibda ushlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring