Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryodagi yong‘in qurbonlari soni 4 nafarga yetgani aytilmoqda

Sirdaryodagi yong‘in qurbonlari soni 4 nafarga yetgani aytilmoqda

2020-yilning 20-noyabr kuni tunda Sirdaryo tumani, Yoshlik mahallasi Ixlos ko‘chasi 23-uydagi 3 ta vaqtinchalik qurilgan xonaning 38 kv.m. maydonida yong‘in sodir bo‘lganligi xabar qilingandi.

Yong‘in oqibatida yashash uyi ichida bo‘lgan, uy egasi – 1974-yilda tug‘ilgan M.I. va uning o‘g‘li 2001-yilda tug‘ilgan M.Q.larning kuygan holdagi jasadlari topilgani, shuningdek, yong‘in sodir bo‘lgan xonadonda bo‘lgan uy egasining o‘g‘li 2004-yilda tug‘ilgan Y.Q. va uy egasining jiyani 2006-yilda tug‘ilgan I.Q.lar kuyish tan jarohati olgani aytilgandi. 

«Sirdaryo Xabarlari»ning ma’lum qilishicha, yong‘in sodir bo‘lgan xonadonda bo‘lgan uy egasining o‘g‘li 2004-yilda tug‘ilgan Y.Q. va uy egasining jiyani 2006-yilda tug‘ilgan I.Q.lar ham yong‘in hodisasidan bir necha soat vaqt o‘tib, olgan og‘ir kuyish tan jarohatlari asoratlari oqibatida vafot etishgan. Shunday qilib ushbu hodisa qurbonlari soni 4 nafarga yetgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring