Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sotib olingan chiptalar uchun reyslar bekor qilindi. So‘ngra...

Sotib olingan chiptalar uchun reyslar bekor qilindi. So‘ngra...

2020-yil 27-fevralda Navoiy shahrida joylashgan aviakassadan Samarqand-Domodedovo yo‘nalishi bo‘yicha 17 mart kuni uchish uchun turmush o‘rtog‘i va farzandlariga jami 5 000 000 so‘mga aviachipta sotib olgan fuqaro M.Ahmedova karantin bilan bog‘liq muammolar sabab aviachiptadan foydalanmay qolgan va chiptani qaytarishga majbur bo‘lgan.

Lekin pul mablag‘ini qaytarib olishda turli to‘siq va muammolarga duch kelganligi bois O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Navoiy viloyat birlashmasiga murojaat yo‘llagan. Fuqaroga aviachipta uchun to‘lagan 5 000 000 so‘m pul mablag‘i qaytarilishida yordam ko‘rsatildi.

Yana bir ana shunday holat Navoiy shahrida yashovchi fuqaro M. Tosheva bilan sodir bo‘ldi. 2020-yil 12-mart kuni ishlash maqsadida Rossiyaning Moskva shahriga borish uchun 1 574 000 so‘mga aviachipta sotib olgan M.Tosheva jamiyatga murojaat qilib, karantin sababli bekor qilingan reys uchun to‘lagan mablag‘ini ololmay ovora bo‘lib yurganidan noroziligini bildirdi.

2020-yil 9-iyun kuni ushbu murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan ijobiy hal etildi va fuqaroga aviachipta uchun to‘lagan 1 574 000 so‘m pul mablag‘i qaytarilishida amaliy yordam ko‘rsatildi.

Farg‘ona viloyatida ham aviachipta bilan bog‘liq muammoli vaziyat yuzaga keldi. Bag‘dod tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Cho‘rindi qishlog‘ida yashovchi Mahkamovlar oilasidan murojaat kelib tushdi. Unda oilaning 4 nafar vakili joriy yil mart oyida Rossiya Federatsiyasi Moskva shahriga olingan aviachiptadan fors-major holat yuzaga kelib foydalana olmaganliklari sababli pulini qaytarib ololmayotganliklari bayon etilgan.

Masalani Bag‘dod tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganib chiqilishi jarayonida, iste’molchilarning aviachipta uchun to‘langan umumiy summasi 6 280 000 (olti million ikki yuz sakson ming) so‘m pullarini qaytarishga erishildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring