Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Surxondaryolik er rashk sababli xotinini pichoqladi

Surxondaryolik er rashk sababli xotinini pichoqladi

Foto: «Tengrinews.ru»

2018 yil 21 sentyabr kuni soat 11:30 larda Surxondaryo viloyati, Denov shahri, E.G‘oziyev ko‘chasida yashovchi fuqaro J.A. (1989 y.t. erkak) turmush o‘rtog‘i Z.D. (1989 y.t. ayol) bilan tumandagi «Chorsu» savdo majmuasida rashq sababli o‘zaro janjallashib, pichoq bilan uning qorin qismiga urib, qasddan o‘ldirgan. Bu haqda prokuratura axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan J.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring