Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Surxondaryolik qoidabuzar YPX xodimi» jazoga tortildi

«Surxondaryolik qoidabuzar YPX xodimi» jazoga tortildi

Foto:«Xabar.uz»

Joriy yilning 25-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqda «Surxondaryoda qoidabuzar YPX xodimi» sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi.

Videolavhada, Surxondaryo viloyati, Termiz shahrining markaziy ko‘chalaridan birida, viloyat IIB YHXBga tegishli bo‘lgan «Mercedes-Benz» rusumli maxsus xizmat avtomobili to‘xtash qoidalariga amal qilmasdan, boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bergan holda yo‘lning qatnov qismiga to‘xtaganligi holati aks etgan.

Haydovchi xodim Sh.T.ga nisbatan to‘xtash qoidalarini buzganligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 1286-modda (transport vositalari haydovchilarining to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzishi)si tartibida bayonnoma rasmiylashtirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring