Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Suv o‘g‘rilari» – Boysunda reyd o‘tkazildi

«Suv o‘g‘rilari» – Boysunda reyd o‘tkazildi

Foto: O‘zsuvta’minot

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida olib borilgan o‘rganishda ichimlik suvi tarmog‘iga noqonuniy ulanib, suv sarfiga sabab bo‘layotgan holatlar aniqlandi.

Jumladan, Xo‘jamayxona magistral suv quvurida 30 ta noqonuniy ulanish holati ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, Boysun tuman yo‘l qurilishi bo‘limi magistral quvurga texnik shartlarsiz va shartnoma tuzmay, yashirincha quvur tortib olgani aniqlandi. Natijada 20 mln 576 ming so‘mga dalolatnoma tuzilib, inspeksiya tomonidan mansabdor shaxslar jarimaga tortildi.

Bunday noqonuniy holatlar Bibishirin, Shirinobod kabi boshqa mahallalarda ham aniqlanib, tarmoqdan uzish ishlari olib borilmoqda.

Barcha holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, prokuratura va ichki ishlar organlariga taqdim qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring