Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tadbirkorlik qilish niyati bilan 18 milliard so‘mga «tushirib» ketishdi

Tadbirkorlik qilish niyati bilan 18 milliard so‘mga «tushirib» ketishdi

Firibgarlar makon tanlamaydi, odam tanlamaydi, deyishadi. Bo‘lmasa Xorazm qayerdayu, Namangan qayerda. Bu viloyatning odamlari bir-birini ko‘rib, tanib-bilishi uchun ming chaqirim yo‘lni bosib o‘tishi kerak. Ammo quyida sizga yetkazmoqchi bo‘lgan hodisa «qahramoni» o‘z tuzog‘iga ilinadigan o‘ljasini imkon qadar uzoqroqdan qidirishga oshiqdi. Niyatiga yetdi ham.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, xorazmlik, 1976 yilda tug‘ilgan Q.S. namanganlik 1963 yilda tug‘ilgan M.A.ni uchratib qoladi. Qarangki, ularning ikkalasi ham biron ishning boshini tutmagan edi. Fikrlari ham bir joydan chiqdi-qo‘ydi. Ular mo‘may daromad topmoqchi bo‘lishdi. Biroq M.A. sherigining ko‘nglida kechayotgan o‘y-xayollarni bilmasdi. Bilganida balki aldanib qolmasdi. Xullas, Q.S. uni birgalikda tadbirkorlik qilamiz deb, firibgarlik yo‘li bilan 730 000 AQSh dollari va 12 350 000 000 so‘m pullarini olib, qaytarib bermaydi. Jinoyat jazosiz qolmaydi, deganlaridek, qing‘ir yo‘lni tanlagan shaxs huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan ushlandi.

Hozir ushbu holat buyicha Jinoyat kodeksining 168-modasi 4-qismi «a»-bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring