Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tanishini qariyb 400 million so‘mga «uxlatgan» firibgar ushlandi

Tanishini qariyb 400 million so‘mga «uxlatgan» firibgar ushlandi

Foto: «Zakovat»

2016-yilning mart oyida Shayxontohur tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan 28 yoshli A.S. tanishi, 1986-yilda tug‘ilgan A.K.ga Xitoydan yumshoq mebel yasash uchun uskunalar olib kelib berishni va’da qilib 179 mln. 350 ming so‘m pulini olgan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Oradan bir yarim yil o‘tib, 2017-yilning oktyabrda u tanishiga bergan va’dasini bajarmasdan turib yana chuv tushirdi: «Malibu» avtomashinasini olib berishini aytib, 210 mln. so‘m pulini olib ketadi.

Ammo va’dalar va’daligicha qoldi. U bu pullarni o‘z ehtiyoji yo‘lida ishlatib yuborgani esa keyinroq ma’lum bo‘ldi.

Hozirda A.S. hibsga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring