Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Tashkent City»dagi Kongress-markazi tomi qulagani haqidagi xabar rad etildi

«Tashkent City»dagi Kongress-markazi tomi qulagani haqidagi xabar rad etildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlarda kecha, 2-dekabr kuni «Tashkent City» xalqaro ishbilarmonlik markazi hududidagi Xalqaro kongress-xollning tomi qulagani haqida xabarlar tarqaldi.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ushbu holat tekshirilganini ma’lum qildi.

«O‘tkazilgan tekshiruv natijasida mazkur axborot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi, tom qismi butun holatda ekanligi aniqlandi. Hozirda yolg‘on xabar tarqatilishining sabablari va manbalarini aniqlash ishlari olib borilmoqda.

Avval xabar qilganimizdek, «Tashkent City» Kongress-markazi hudud seysmik jihatlari inobatga olingan holda, zilzilabardoshligi 9 ballgacha etib qurilgan», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, «Tashkent City»dagi Kongress-markazi 2019-yil oktyabr oyida qurib bitkazilib, 21-oktyabr kuni ushbu binoda o‘zbek tilining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring