Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tayvan zilziladan so‘ng qidiruv operatsiyasini yakunladi

Tayvan zilziladan so‘ng qidiruv operatsiyasini yakunladi

Foto: AFP 2018

Tayvanning shimoliy-sharqidagi Xualyan tumani ma’muriyati 6-fevralda sodir bo‘lgan zilzila bo‘yicha qidiruv-qutqaruv bo‘yicha operatsiyani yakunlashdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur zilzila oqibatida 16 kishi halok bo‘lgan, 285 kishi jarohatlangan. Qolaversa, yana bir kishi hali topilmagan.

Tuman ma’muriyati yakshanba kuni qidiruv-qutqaruv bo‘yicha operatsiya 100 soat davom etganini va unda harbiylar, tibbiyot xodimlari, o‘t o‘chiruvchilar, politsiyachilar ishtirok etganini xabar qildi. Qidiruv operatsiyasi jabrlanganlar oilasining roziligi bilan to‘xtatildi.

Mahalliy hokimiyat organlarining aytishicha, Xaulyan tumaniga qilingan xayriya summasi 20 million dollarni tashkil etadi. Ayni paytda uyidan ayrilganlarning turar joylarini qayta tiklash uchun 4 barobar ko‘p mablag‘ talab etilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring