Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tayvanda talafotli zilzila. Qurbonlar bor (video)

Tayvanda talafotli zilzila. Qurbonlar bor (video)

Foto: Twitter / DZRH NEWS

Tayvanda kuzatilgan kuchli zilzila oqibatida 2 kishi vafot etdi, 188 kishi jarohatlandi. Bu haqda 6-fevral kuni Xitoy markaziy televideniyesi xabar qildi. Ma’lum bo‘lishicha, jarohatlanganlarning ba’zilari og‘ir ahvolda.

Mahalliy vaqt bilan soat 23:50 da qayd etilgan 6,5 ballik zilzila oqibatida hammasi bo‘lib 5 ta bino qulab tushdi. Zilzila o‘chog‘i 11 kilometr chuqurlikda joylashgani aytilmoqda. Xualyan shahridagi qisman qulab tushgan «Marshal Hotel» mehmonxonasida 29 nafar kishining yo‘li to‘sib qolingan. 567 xonadonda elektr yo‘q. Shaharni qirg‘oq avtomagistrallari bilan bog‘lovchi eng yirik ko‘priklardan biri shikastlangan.

Bundan avval Tayvanning o‘sha hududida joylashgan Xualyan shahridan 21 km. uzoqlikda 6,4 ballik zilzila kuzatilgan. Zilzila o‘chog‘i 9,4 km. chuqurlikda joylashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring