Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Termizda erkak rashk sabab xotinining joniga qasd qildi

Termizda erkak rashk sabab xotinining joniga qasd qildi

Foto: «Progorodnsk.ru»

Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida rashk sabab xotinini o‘ldirib qo‘ygan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Viloyat IIB xabariga ko‘ra, 18-sentyabr kuni soat 15:00 larda Q.Q. yashash uyida turmush o‘rtog‘i D.J.ni rashk qilib, o‘zaro janjallashishi oqibatida qo‘lidagi pichoq bilan uning chap ko‘krak qismiga bir marotaba urib, hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazgan. Jarohatlangan ayol kasalxonaga olib ketilayotganda yo‘lda vafot etgan.

Shu kuni Q.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring