Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Tico» fojiaga sabab bo‘ldi

«Tico» fojiaga sabab bo‘ldi

Foto: IIV

8-yanvar kuni Farg‘ona shahri I.Karimov ko‘chasida «Tico» avtomobili yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Oqibatda M.A. ismli ayol tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Haydovchilardan yo‘l harakati qoidalariga amal qilish so‘raladi. Yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslik orqali o‘zlari va boshqalar sog‘lig‘iga shikast yetkazishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring