Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent aeroporti tomidan yomg‘ir o‘tib ketgani sababi tushuntirildi

Toshkent aeroporti tomidan yomg‘ir o‘tib ketgani sababi tushuntirildi

Foto: t.me/AviaSpotter

Toshkent aeroporti ma’muriyati uchib kelish zali binosi tomidan yomg‘ir o‘tib ketgani haqidagi xabarlarga izoh berdi. Bu haqda «Gazeta.uz»da xabar berildi.

O‘tgan yili foydalanishga topshirilgan xalqaro aeroportning uchib kelish zali tomidan yomg‘ir o‘tib ketishiga sabab shahar drenaj tizimi suvga to‘lib qolganida bo‘lgan. Uchib kelish zali bilan birgalikda yon atrof va qo‘nish hududining bir qismini ham suv bosgan.

Yomg‘ir suvi kanalizatsiyaga oqib ketmagani boisidan hojatxonadan toshib chiqqan. Natijada aeroport xodimlari suv oqib chiqmasligi uchun tiqinlardan foydalanishgan. Yo‘lovchilar ko‘lmakda yurmasliklari uchun aeroport omborxonasidan yog‘och poddonlar keltirilgan.

Aeroportni suv bosgani bois O‘zbekiston havo yo‘llarining «Moskva — Toshkent» va «Nur-Sulton — Toshkent» yo‘nalishlarida yetib kelgan samolyotlari Samarqand shahridagi zaxira aerodromiga qo‘nish uchun yo‘naltirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring