Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar hokimligi aholini ogohlantirdi

Toshkent shahar hokimligi aholini ogohlantirdi

Foto:«Xabar.uz»

Gidrometeorologiya xizmati markazining ma’lumotiga ko‘ra, bugun Toshkentda shamol va qisqa muddatli yomg‘ir kutilmoqda.

Shamol tezligi 12-17 m/s gacha yetishi mumkin.

Shu sababli poytaxt hokimligi aholiga ogohlantirdi. 

«Shamol daraxtlar va shoxlarni sindirishi, mustahkam o‘rnatilmagan konstruksiyalarni o‘rnidan qo‘zg‘atishi mumkin. Bundan ularning ostidagi odamlar va avtotransport vositalariga shikast yetishi mumkin.

Barcha toshkentliklar va poytaxtimiz mehmonlaridan kuchli shamol kuzatilganida ko‘chada harakatlanmasliklarini, avtomobillarini daraxtlar va boshqa turli mustahkam bo‘lmagan konstruksiyalardan uzoqroq, xavfsiz joyga qo‘yishlarini so‘raymiz» - deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring