Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent shahrida «yog‘in rekordi» takrorlanadimi?

Toshkent shahrida «yog‘in rekordi» takrorlanadimi?

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahrida mart oyidagi yog‘inlar tarixiy rekordni yangilashi mumkin, deb yozdi Uzb_Meteo telegram-kanali muallifi, doktorant (PhD) Erkin Abdulahatov.

Ta’kidlanishicha, o‘tgan asr ham, undan oldingi asrning oxirlarida ham Toshkent shahrida mart oyida yog‘ingarchilik miqdori 184 mm dan oshmagan.

Toshkent shahrida kuzatuvlar 1870-yilda boshlangan. Mana, 152 yildirki, shaharda muntazam, hech qanday uzilishlarsiz, meteorologik kuzatuvlar amalga oshirilmoqda.

Yoshi kattalar juda yaxshi eslashadi, 1968-1969-yillarning qishi O‘zbekistonda juda sovuq va serqor kelgan. Shu bilan birgalikda, 1969-yil mart oyida yog‘inlar ham favqulodda mo‘l bo‘lgan. Bir oy davomida umumiy yog‘in 184 mm ni tashkil etgan. Bu poytaxtda bahor mavsumi boshidagi oy uchun kuzatuvlar tarixidagi eng ko‘p yog‘in ko‘rsatkichidir.

Mart oyida o‘rtacha yog‘ingarchilik oy davomida 70,2 mm ni tashkil etadi. Hozirning o‘zida poytaxtda 168 mm yog‘in yog‘ib bo‘ldi. Bu Toshkentda bir yilda yog‘ishi kerak bo‘lgan yog‘inning 37 foizidir. Oydagi me’yoriy o‘rtacha qiymatning esa 240 foizi.

Yog‘inlar 25-martga o‘tar kechasi, 26-mart va 29-mart kunlari ham yog‘ishi prognoz qilinmoqda. Ishonchli iqlimi modellari bu davr uchun poytaxtda yana umumiy 16 mm ga yaqin yog‘in yog‘ishini prognoz qilgan. Balki ushbu oy oxirida poytaxtda tarixiy rekord yog‘ingarchilik kuzatilishiga guvoh bo‘larmiz, deb yozdi mutaxassis.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring