Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida 700 dan ortiq sovuq qurollar yig‘ishtirib olindi

Toshkent viloyatida 700 dan ortiq sovuq qurollar yig‘ishtirib olindi

Foto: Toshkent viloyati IIBB

Toshkent viloyati IIBB Patrul-post xizmati saf bo‘linmalari joriy yilning 15-yanvardan 15-fevral kuniga qadar viloyatning 22 shahar-tumanlarida o‘tkazilgan «Tig‘» tadbirlarini o‘tkazdi.

Ushbu tadbirlarda jami 714 dona har-xil turdagi sovuq qurollar hamda hayot va sog‘liq uchun xavfli boshqa buyumlar aniqlanib, dalolatnoma asosida olingan.

O‘tkir tig‘li jismlarning 10 foizini voyaga yetmagan maktab va kollej, litsey o‘quvchilari o‘zi bilan olib yurganligi aniqlangan. Ulardan 100ga yaqin pichoqlar va kastetlar, shuningdek, boshqa turdagi tig‘li predmetlardir.

«Tadbirlar, odamlar gavjum bo‘lgan bozor va savdo markazlari, ta’lim muassasalari hamda ko‘cha va boshqa jamoat joylarida, sovuq quroldan hayot va sog‘liq uchun xavfli boshqa buyumlardan foydalangan holda sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olish maqsadida, o‘tkazildi»-, deyiladi Toshkent viloyati IIBB xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring